On-Bazar haqida

O'zbekistondagi barcha onlayn do'konlar narxlarini bir joyda solishtiring

On-Bazar — O'zbekistondagi onlayn do'konlar va marketpleyslardagi mahsulotlar hamda narxlarni bir joyda solishtirishga yordam beruvchi platforma. Foydalanuvchilarga kerakli mahsulotni topish, turli do'konlardagi narxlarni taqqoslash va o'zi uchun eng maqbul taklifni tanlash imkonini beradi.

On-Bazar nimalarni taklif qiladi?

Mahsulot qidiruvi

Kerakli mahsulotni On-Bazar orqali qidiring va turli do'konlardagi mavjud takliflarni bir joyda ko'ring.

Narxlarni solishtirish

Bir xil mahsulotning turli do'konlardagi narxlarini taqqoslab, eng qulay taklifni toping.

Turli do'konlarni bir joyda

Bir nechta onlayn do'konni alohida-alohida tekshirish o'rniga, ularning mahsulot va narxlarini On-Bazar orqali bir joyda ko'rib chiqing.

Xarid qilishdan oldin taqqoslang

Mahsulotlarning narxi va mavjud ma'lumotlarini solishtirib, xarid qilishdan oldin yanada to'g'ri qaror qabul qiling.

Biz haqimizda

On-Bazar loyihasi Refleca IT jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bizning maqsadimiz — O'zbekistonda onlayn xarid qilish jarayonini qulayroq, shaffofroq va tejamkorroq qilish.

On-Bazar bo'yicha savollar, takliflar, hamkorlik yoki texnik masalalar yuzasidan Refleca IT jamoasi bilan Telegram orqali bog'lanishingiz mumkin.

Biz bilan bog'lanish

@ReflecaIT

Savol, taklif yoki hamkorlik uchun Telegram'da yozing