On-Bazar haqida eng ko'p uchraydigan savollar va ularning javoblari. Javobingizni topa olmasangiz, biz bilan bog'laning.
On-Bazar nima?⌄
On-Bazar — turli onlayn do'konlar va marketpleyslardagi mahsulotlar va narxlarni bir joyda ko'rish va solishtirishga yordam beruvchi platforma.
On-Bazar qanday ishlaydi?⌄
Siz kerakli mahsulotni On-Bazar orqali qidirasiz. Platforma mavjud mahsulot takliflarini ko'rsatadi va ularning narxlarini solishtirish imkonini beradi. Xaridni esa mahsulot joylashtirilgan do'konning o'zida amalga oshirasiz.
On-Bazar'dan foydalanish bepulmi?⌄
Ha. On-Bazar'dagi asosiy qidiruv va narxlarni solishtirish xizmatlaridan foydalanuvchilar bepul foydalanishlari mumkin.
On-Bazar mahsulotlarni sotadimi?⌄
Yo'q. On-Bazar mahsulotlarni bevosita sotmaydi. Platforma turli onlayn do'konlardagi mahsulotlar va narxlarni taqqoslashga yordam beradi.
Mahsulotni qanday sotib olaman?⌄
Kerakli mahsulotni topganingizdan so'ng, tegishli do'kon taklifiga o'tishingiz mumkin. Xarid, to'lov, yetkazib berish va qaytarish shartlari tegishli do'kon tomonidan belgilanadi.
On-Bazar'dagi narxlar doimo yangilanib turadimi?⌄
On-Bazar'da ko'rsatilgan mahsulot ma'lumotlari va narxlar — ayni vaqtda tegishli do'konning o'z saytidagi narxni aks ettiradi. Chunki biz ma'lumotlarni real vaqtda to'g'ridan-to'g'ri do'konning rasmiy saytidan olib ko'rsatamiz. Shunga qaramay, xarid qilishdan oldin do'konning o'z sahifasida narx va mavjudlikni yakuniy tekshirish tavsiya etiladi.
On-Bazar qaysi do'konlarni qo'llab-quvvatlaydi?⌄
On-Bazar O'zbekistondagi turli onlayn do'konlar va marketpleyslarning mahsulot takliflarini bir platformada ko'rsatishga intiladi. Qo'llab-quvvatlanadigan do'konlar ro'yxati vaqt o'tishi bilan kengayib boradi.
On-Bazar mahsulot sifatiga javob beradimi?⌄
Yo'q. On-Bazar mahsulotlarni sotuvchi tomon emas. Mahsulot sifati, kafolat, yetkazib berish, to'lov va qaytarish shartlari mahsulotni sotayotgan do'konning javobgarligidadir.
Xato narx yoki mahsulot ma'lumotini topsam, nima qilishim kerak?⌄
Agar On-Bazar'da noto'g'ri narx, mahsulot ma'lumoti yoki boshqa xatoni ko'rsangiz, bu haqda bizga @ReflecaIT orqali xabar berishingiz mumkin.
On-Bazar bilan qanday bog'lanish mumkin?⌄
Savollar, takliflar, hamkorlik yoki texnik muammolar bo'yicha Refleca IT jamoasi bilan Telegram orqali bog'lanishingiz mumkin: @ReflecaIT.
On-Bazar kim tomonidan ishlab chiqilgan?⌄
On-Bazar loyihasi Refleca IT jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan.